Vazirning Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari
2026-01-22 13:15:00 / Vazirlik yangiliklari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Qarshi davlat texnika universitetiga tashrif buyurib, qurib bitkazilayotgan Muhandislik ilmiy-ishlab chiqarish markazi (fab-lab) binosining tayyorgarlik darajasini koʻzdan kechirdi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Gʻulom Uzoqov mazkur markazning asosiy maqsad-vazifalari, yoʻnalishlari, tashkil qilinadigan ilmiy laboratoriyalar, kichik ishlab chiqarish sexlari boʻyicha maʼlumot berdi.
Vazir ushbu kompleksni tezroq ishga tushirish, jihozlash, ayniqsa muhandislik yoʻnalishida sunʼiy intellekt laboratoriyasi va oʻquv kurslarini tashkil qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar berdi.
Qoʻngʻirotboy Sharipov Yoshlar texnoparkida ham boʻlib, uning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, Qarshi davlat texnika universiteti bilan sunʼiy intellekt va raqamlashtirish sohalaridagi hamkorligini mustahkamlash, oʻquv kurslari tashkil etish lozimligini alohida taʼkidladi.









