Oliygohlar psixologlari uchun tajriba almashinuvi tashkil etildi
2026-01-15 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari psixologlari uchun navbatdagi seminar-trening boʻlib oʻtdi.. Unda malaka oshirish kurslariga jalb etilgan OTM psixologlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan ishlashda joriy etilayotgan zamonaviy yondashuvlar, ularning ahamiyati va amaliy natijalari muhokama qilindi.Shuningdek, tomonidan oliy taʼlim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, psixoprofilaktik ishlarni kuchaytirish hamda psixologik diagnostika va korreksiya jarayonlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Seminar-trening OTM psixologlarining kasbiy kompetensiyalarini oshirish, tajriba almashish va talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga xizmat qildi.



