2025-yilda oliy ta’lim muassasalari tomonidan turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar raqamlarda
2026-01-09 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

I. Amalga oshirilgan ishlar.
1. Turistik operatorlar bilan hamkorlikda biriktirilgan 30 ta tuman va shaharlarning tarixi, turistik obyektlari toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda oʻziga xos xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan turpaketlar soni 194 taga yetkazildi.
Misol uchun: Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan ishlab chiqilgan “Mojrum archasi”, “Tuzkonda taʼtil”, “Forishcha bir kun”, Urganch davlat universitetining “Pahlavon Mahmud-oʻzbek bahodiri, kuragi yerga tegmagan pahlavon” turpaketlari hududdagi turistik obyektlarini oʻz ichiga oladi.
2. Turli tillarda tuman, shaharlar turizm salohiyati, hudud va uning tarixi toʻgʻrisida jami 6 809 ta kontent, jumladan, 1 182 ta axborot, 1 272 ta video hamda 4 355 ta foto kontentlari xorijiy tillarda yaratildi.
Maʼlumot uchun: Rishton tumanining turistik salohiyati aks ettirilgan materiallar ingliz, arab, fors, malay, yapon, koreys, xitoy, hind, urdu, indonez, dariy, pushtu, turk tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, “Forish etnomedia turizm” elektron platformasi (www.forishtour.com) yaratildi.
Tumanlardagi 88 ta turistik obyektlar yuzasidan yangi maʼlumotlar
“Google Maps” hamda 90 ta turistik obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzbek, rus va ingliz tillarida Wikipedia va 35 ta obyektlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boshqa platformalarga joylandi. Xususan, Chust tumani Chust tabiat yodgorliklari, Boysun tumani Machay gʻori kabi turistik obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotlar “Google Maps” va wikipedia ochiq ensiklopediyasiga kiritilgan.
Hududlar turistik mavqeyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xorijliklarga yetkazishda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanilmoqda. Jumladan, Buxoro davlat universitetiнинг Iqtisodiyot va turizm fakulteti tadqiqotchilari tomonidan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba “Inklyuziv turizm” mobil ilova va interfaol xaritasi ishga tushirildi.
3. Oliygohlar tomonidan biriktirilgan hududlarda soha vakillari uchun 70 ta qisqa muddatli kurslar va turistik obyektlarda 180 ta amaliyot dasturlari
1 536 nafar talabalar ishtirokida amalga oshirildi.
Jumladan, 2025-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan Rishton tumanining 600 nafar xizmat koʻrsatish sohasi xodimlari uchun “Xizmat koʻrsatish standartlari va mijozlar bilan ishlash” nomli qisqa muddatli oʻquv kursi va Yaponiyaning RisSho universiteti bilan hamkorlikda “Ipak yoʻli barqaror turizm ramzi sifatida” mavzusida II-xalqaro simpoziumi tashkil etildi.
Tashabbus asosida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Mexanika va konchilik ishi fakulteti talabalari Boysun tumanidagi Darband oʻquv-amaliyot bazasida ikki haftalik yozgi amaliyot tashkil etildi.
Toshkent davlat transport universiteti tomonidan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ bilan hamkorlikda vagon kuzatuvchilarini tayyorlash, temir yoʻlda turizm xizmatlari boʻyicha malaka oshirish kurslari yoʻlga qoʻyilib, 368 nafar xodim malaka oshirish kurslarini yakunladi.
7 ta oliy taʼlim tashkilotlarida 378 nafar oʻquvchi va talabalar uchun 4 haftalik “Yosh gidlar maktabi” dasturlari yoʻlga qoʻyildi (Turizm qoʻmitasi bilan qoʻshma qaror asosida).
Kogon va Romitan tumanlarida VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya Federal Kasbiy taʼlim universiteti (SFUVET) bilan “Turizmda tadbirkorlik asoslari”, “Mehmonxona biznesi” kabi qisqa muddatli kurslar olib borildi.
4. 11 ta oliygohlarning har biri respublikaga 500 nafardan turist jalb qilish maqsadida 40 ta ilmiy anjuman va forumlar, 42 ta xalqaro ilmiy konferensiyalar, 48 ta etno-festivallar, 32 ta yozgi va qishki lagerlar, 7 ta tanlov va musobaqalar hamda 133 ta seminar-treninglar oʻtkazdi.
Jumladan, Oʻzbekiston Milliy universiteti tomonidan xalqaro talabalar ishtirokida Zomin tumanida “Yoshlar va Etnoturizm” shiori ostida “II-Xalqaro talaba-yoshlar Zomin forumi”, Arnasoy tumanida “Arnasoy jilosi” shiori ostida yoshlar turizm festivali hamda Forish tumani Mojrum qishlogʻida “Forishga sayohat qil!” turizm aksiyasi tashkil etildi. Bundan tashqari, Forish tumanidagi Mojrum qishlogʻida arxeologik va etnografik amaliy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani qadimiy Mizdakxon majmuasida “Mizdakxon–muqaddas va sirli maskan” nomli II-xalqaro festival hamda 2025-yil 4–5-oktabr kunlari Ellikqalʼa tumanida “Sahro sadosi” III-xalqaro festivali oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Festival doirasida talaba-yoshlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini, “Taqiya” milliy liboslar koʻrgazmasi, “Madaniy xabardorlikni oshirish va ekologik barqaror turizmni rivojlantirish” II-xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
2025-yil 26-oktabr kuni Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 130 nafar Indoneziyalik soha vakillari ishtirokida “Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi turizm va ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida xalqaro tadbir boʻlib oʻtdi.
5. Oliygoh professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va iqtidorli talabalar tomonidan tumanlarning tarixiy va madaniy obyektlarini oʻrganish hamda turizm sohasini rivojlantirish maqsadida qiymati 12,72 mlrd soʻm boʻlgan 16 ta ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Misol uchun: Zomin tumani boʻyicha veb sahifa yaratildi, mobil ilova tayyorlandi, har bir obyektning VR 3D TUR marshruti belgilandi va “Miq qalʼasi”ning yoʻqolib ketgan meʼmoriy obyektining 3D vizual multifikatsion animatsiyasi shakllantirildi: https://zomintour.uz/. Loyiha dasturiy mahsuloti uchun GUVOHNOMA olindi: DGU 49187 “ZaaminTour" innovatsion turistik platformasi”.
6. 2025-yil yanvar-dekabr oylarida 30 ta tuman va shaharlarda amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 310 nafar xorijiy va 147 594 nafar mahalliy turistlar jalb qilindi.
“Talaba Travel” loyihasi doirasida hududlararo talabalar sayohatlari va Orol Turizm haftaligi doirasida ekologik ekspeditsiyalar tashkil qilindi.
Yanvar-noyabr oylarida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturiga koʻra
283 191 nafar talaba va 69 498 nafar oʻquvchilarning turistik hududlarda sayohati amalga oshirildi.
Samarqandda boʻlib oʻtgan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik koʻrish doirasida xorijiy davlatlarda “Oʻzbekistonning bebaho merosi” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun: Yanvar-sentabr oylarida Buyuk Britaniya, Daniya, Lyuksemburg, Polsha, Ispaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Janubiy Afrika, Saudiya Arabistoni, Ummon, Eron, Xitoy, Indoneziya, Filippin va Kambodja davlatlarida tashkil etildi.
Xizmat koʻrsatish taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqiyotgan, xorijiy tillarni oʻzlashtirgan 578 nafar iqtidorli talabalarining yozgi amaliyotlarini sohada yetakchi boʻlgan xorijiy davlatlarda oʻtashi tashkil etildi.
