Yangi tayinlangan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari jamoaga tanishtirildi
2025-12-30 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova boshchiligida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirok etdi.
Tadbir davomida Prezidentning tegishli qarori bilan Salomov O‘ktam Rahimovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlangani e’lon qilinib, jamoaga tanishtirildi.
Hilola Umarova yangi tayinlangan vazir o‘rinbosarining katta tajriba va malakaga ega ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy universiteti rektori Inom Majidov hamda Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov so‘zga chiqib, O‘ktam Salomovning ko‘p yillik boshqaruv sohasidagi tajribasini e’tirof etib, kelgusi faoliyatiga omad tiladilar.









