Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ochiq eshiklar kuni”
2025-12-11 16:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda fuqarolar, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, talabalar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, vazirlikning 2025-yilga mo‘ljallangan faoliyat yo‘nalishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha joriy tizim va mexanizmlar, shuningdek, ochiqlik indeksi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil taqdimotlar tinglandi.
Tadbir davomida ta’kidlanganidek, joriy yilda pedagog-xodimlar va talaba-yoshlarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi orqali 2 500 nafardan ortiq pedagog-xodimlar hamda 250 000 nafardan ziyod talabalar maxsus onlayn kurslar orqali o‘qitildi.
Shuningdek, vazirlik va oliygohlar veb-saytlarida 3 mingdan ortiq targ‘ibot materiallari e’lon qilinib, mazkur yo‘nalishdagi ma’rifiy ishlar keng jamoatchilikka yetkazildi.
Tadbir ishtirokchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida ularning qiziqtirgan savollariga vazirlik mas’ul xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Tadbir yakunida mehmonlar uchun vazirlik binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, vazirlikning asosiy bo‘limlari faoliyati va amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Video formatda ko‘rish - https://t.me/eduuz/41105









