JIDUda giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2025-12-11 12:10:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda mamlakatda giyohvandlikka qarshi kurash va uni oldini olish sohasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, giyohvand moddalarning organizmga ko‘rsatadigan jismoniy va psixik zararli oqibatlari, yoshlarning ijtimoiy faolligiga, ta’lim jarayoniga va oilaviy barqarorlikka ta’siri ilmiy asoslangan dalillar bilan tushuntirildi.
Shuningdek, respublikada giyohvandlik profilaktikasini kuchaytirish, xavf guruhlari bilan ishlash, tibbiy-psixologik reabilitatsiya xizmatlarini takomillashtirish hamda idoralararo hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amaliy choralar haqida ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, giyohvandlikning oldini olish, yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish va ularning mas’uliyatlilik madaniyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi.




