Attestatsiya sinovidan ozod etilgan oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari pedagoglari
2025-12-09 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori) darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi.
Shunga ko‘ra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatga ega 35 nafar oʻqituvchilar roʻyxati eʼlon qilinmoqda.
Ro‘yxat yuqorida👆



