Oʻzbekiston va Yaponiya munosabatlari yangi bosqichda
2025-12-04 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
4-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sardor Rajabov Yaponiyaning Taʼlim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Fukuda Kaoru bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Suhbat chogʻida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Fukuda Kaoru Oʻzbekiston bilan hamkorlik yoʻnalishlari izchil kengayib borayotganini taʼkidlab, noyabr oyida Samarqand shahrida muvaffaqiyatli oʻtgan Oʻzbekiston–Yaponiya taʼlim forumini yuqori baholadi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo — Yaponiya formatida oʻtkaziladigan yigʻilish doirasida memorandum imzolash imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Tomonlar fan va taʼlim yoʻnalishlarida hamkorlikni yanada kengaytirish, qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.


