O‘zbekistonlik talabalar farmatsevtika bo‘yicha xalqaro olimpiadada 1-o‘rinni egallashdi
2025-12-04 09:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Olimpiada Osiyo Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro fanlar akademiyasining Ozarbayjon bo‘limi akademigi, farmatsevtika fanlari doktori, professor Bayan Sagindikova tavalludining 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazildi.
Ushbu olimpiadada Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan kelgan kuchli talabalardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etib, ularni ichida o‘zbekistonlik talabalar guruhi 1-o‘rinni egallagani quvonarli albatta.
Yana bir jihati ushbu olimpiadada Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti iqtidorli talabalari:
Yo‘ldoshev Otabek – 4-bosqich
Xolmuhamedova Nigina – 4-bosqich
Yusufjonov Abdurashid – 4-bosqich
Quvvatova Zarinabonu – 5-bosqich
Mamajonov Nuriddin – 5-bosqich ilk bor ishtirok etishlariga qaramay institut sha’nini munosib himoya qilishdi.
Olimpiada 4 turdan iborat bo‘lib, unda 5 ta mutaxassislik fanlari farmakologiya, farmakognoziya, farmatsevtik kimyo, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti va farmatsevtika texnologiyasidan og‘zaki va yozma test sinovlari o‘tkazildi.
‘‘Savollar o‘ziga yarasha qiyin bo‘ldi, lekin yutishimizni bilar edim. Chunki men o‘z jamoamga ishongan edim. Har bir ishtirokchi o‘ziga yarasha kuchli bilim egalari’’ – deydi jamoa sardori Abdurashid Yusufjonov.
Shunday nufuzli musobaqada g‘olib chiqish – bu faqat bilim emas, bu jasorat, mehnat va terdan iborat ulkan yutuqdir! Ularni ushbu beqiyos g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yutuqlaringiz yanada bardavom bo‘lsin, ilmiy salohiyatingiz yuksalsin, olamshumul muvaffaqiyatlar doim yo‘ldoshingiz bo‘lsin!






