Vazir OpenAI va Silkroad Innovation Hub vakillari bilan uchrashdi
2025-11-28 17:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Uchrashuvda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga oid ta’lim dasturlari, treninglar, onlayn platformalar va akseleratsiya imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, pedagoglar va olimlar uchun sun’iy intellektga oid resurslar, professional jamoalar va bilim almashish maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish muhimligi qayd etildi.
Muloqotda bunday hamkorlik inson kapitalini rivojlantirish, mutaxassislar kompetensiyalarini oshirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim va ilm-fan sohalariga jadal joriy etishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Shuningdek, tomonlar qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, eksperimental ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish, universitetlarning OpenAI innovatsion ekotizimi bilan integratsiyasini chuqurlashtirish va yoshlar hamda o‘qituvchilar uchun yangi raqamli imkoniyatlar yaratish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.



