Gulistonda oʻtgan “Besh tashabbus” olimpiadasi ommaviy sport musobaqalarining final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi
2025-11-20 12:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Bugun barcha g‘olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar, medallar hamda kuboklar tantanali ravishda topshirildi.
Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar “Besh tashabbus olimpiadasi” yuqori saviyada o‘tganini ta’kidlab, mazkur sport tashabbusi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdilar.
Yengil atletika
🥇o‘rin — Qashqadaryo (Shahrisabz davlat pedagogika instituti)
🥈o‘rin — Xorazm (Urganch davlat universiteti)
🥉o‘rin — Namangan (Namangan davlat pedagogika instituti)
Stol tennisi (qizlar)
🥇o‘rin — Andijon (Andijon davlat universiteti)
🥈o‘rin — Farg‘ona (Farg‘ona davlat universiteti)
🥉o‘rin — Jizzax (O‘zbekiston milliy universiteti Jizzax filiali)
Stol tennisi (o‘g‘il bolalar)
🥇o‘rin — Toshkent shahri (Toshkent davlat tibbiyot universiteti)
🥈o‘rin — Andijon (Andijon davlat pedagogika instituti)
🥉o‘rin — Xorazm (Urganch davlat universiteti)
Stritbol (qizlar)
🥇o‘rin — Jizzax (Jizzax davlat pedagogika universiteti)
🥈o‘rin — Qashqadaryo (Xalqaro innovatsion universiteti)
🥉o‘rin — Navoiy (Navoiy davlat universiteti)
Stritbol (o‘g‘il bolalar)
🥇o‘rin — Sirdaryo (Guliston davlat universiteti)
🥈o‘rin — Toshkent vil. (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)
🥉o‘rin — Buxoro (Buxoro davlat universiteti)
Mini futbol
🥇o‘rin — Sirdaryo (Guliston davlat universiteti)
🥈o‘rin — Surxondaryo (Termiz davlat universiteti)
🥉o‘rin — Farg‘ona (Farg‘ona davlat universiteti)









