“IPC-CUP” kibersport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi
2025-11-19 17:55:00 / Vazirlik yangiliklari
19-noyabr kuni Xalqaro press klub tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “IPC-CUP” kibersport musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari FIFA, PUBG va CS2 yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik va jamoaviy tarzda ishtirok etdi.
Saralash bosqichida poytaxtdagi OTMlardan 30ga yaqin jamoa qatnashib, eng yuqori natija ko‘rsatgan o‘yinchilar finalga yo‘l oldi. Final bellashuvlari yakuniga ko‘ra quyidagi g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
FIFA Solo (yakkalik) yo‘nalishi bo‘yicha
- 1-o‘rin – Shohrux Shermatov (O‘zbekiston milliy universiteti)
- 2-o‘rin – Muzaffar Smailov (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti)
- 3-o‘rin – Shingiz Ahmedov (Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali)
FIFA Duo (jamoaviy) bo‘yicha
- 1-o‘rin – Javlon Esonov va Qahramon Solihboyev (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti)
- 2-o‘rin – Diyor Umirzakov va Asilbek Asadov (Vebster universiteti)
- 3-o‘rin – Sardorxo‘ja Akromxo‘jayev va Azizxon Toirxonov (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)
PUBG bo‘yicha jamoaviy natijalar
- 1-o‘rin – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- 2-o‘rin – Vebster universiteti
- 3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
CS2 bo‘yicha jamoaviy natijalar
- 1-o‘rin – Vebster universiteti
- 2-o‘rin – Inha universiteti
- 3-o‘rin – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









