Pedagogika oliy ta’lim muassasalari prorektorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-11-15 17:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Yig‘ilishda pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, akademik muloqot va tajriba almashuvini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari ARM fondlarini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitish hamda xalqaro standartlarga mos o‘quv-uslubiy majmualar yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan o‘quv-amaliy laboratoriyalar, kreativ markazlar, Registrator ofisi va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir yakunida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar kelishib olindi.






