Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha ikki kunlik seminar boshlandi
2025-11-18 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Seminar Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan “Institutsional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida Ernst & Young Advisory LLC hamda Ecorys Nederland B.V. xalqaro konsalting tashkilotlari ekspertlari tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining markaziy apparati va tizim tashkilotlari, shuningdek Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirliklaridan jami 30 nafar mutaxassis ishtirok etdi.
Seminar davomida xalqaro tajribada qo‘llanilayotgan dasturiy budjetlashtirishning asosiy tamoyillari, budjet jarayonini rejalashtirish va samaradorlik indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Ishtirokchilar uchun mazkur tizimning ta’lim, fan, madaniyat va yoshlar siyosati kabi sohalarda qo‘llanishi, uni joriy etishning afzalliklari ham batafsil tushuntirildi.
Seminarning ikkinchi kuni ertaga davom ettiriladi.






