To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda
2025-11-10 14:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Safar davomida Shandong Tijorat va texnologiya instituti (SICT) hamda Hezi Axborot muhandisligi kolleji rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, sun’iy intellekt, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish hamda zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bilim va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida To‘rtko‘l tuman 1-son politexnikumi, SICT instituti va Hezi Axborot muhandisligi kolleji o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, “aqlli” texnologiyalar, sun’iy intellekt hamda akademik mobillik dasturi doirasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvini nazarda tutadi.
Ushbu memorandum To‘rtko‘l tumanidagi kasbiy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish, o‘quv jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy-texnik salohiyatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



