Ijro intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan iqtisodiy o‘qish o‘tkazildi
2025-11-07 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari

Tadbirda vazirlik tarkibiy bo‘linmalari, tizim tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirok etdi. O‘qish onlayn va oflayn shaklda tashkil qilindi.
Kirish so‘zi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov chiqish qildi. Shundan so‘ng Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi O‘tkir Alijonov, Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Firdavs Shamsiyev, shuningdek, vazirlik Ijro intizomi va nazorati bo‘limi boshlig‘i Azizjon Yakubov tomonidan ma’ruzalar tinglandi.
Tadbir davomida ijro intizomini kuchaytirish, vazifalarni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish, ijro samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy takliflar bildirildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zaro munozara va savol-javoblarda qatnashdilar.









