Professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha tender e’lon qilinadi
09:00 25.03.2026

Muddat: 15.04.2026
TenderLoyiha nomi: “Koreya Eksport-import banki hamkorligida professional ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish”
Kredit raqami: UZB-020
QIZIQISH BILDIRISH TO‘G‘RISIDA SO‘ROVNOMA (ReOI)
“Kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun axborot tizimlarini xarid qilish”
Xarid rejasiga muvofiq raqam: UZB-020/02-2-2-2026
- O‘zbekiston Respublikasiga Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) mablag‘lari hisobidan Koreya Eksport-import banki tomonidan “Kasb-hunar ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun 51.140.000,00 AQSh dollari miqdorida qarz taqdim etildi. Mazkur loyiha doirasida ushbu kredit mablag‘larining bir qismi kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun AKT tizimlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma (UZB-020/02-2-2-2026) to‘lovlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
- Loyiha ijro etuvchi agentligi (PEA) mazkur hujjatda ko‘rsatilgan xizmatlar va tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha malakali kompaniyalar yoki konsorsiumlarni qiziqish bildirishga taklif etadi. Qiziqqan kompaniyalar qiziqish bildirish xati hamda ushbu xizmatlarni bajarish va tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha malakasini tasdiqlovchi qisqacha ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim. Belgilangan muddatda qiziqish bildirish xati taqdim etilmagan taqdirda, kompaniya potensial ishtirokchilar ro‘yxatiga kiritilmasligi mumkin.
Loyiha doirasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(a) 330 ta kasb-hunar ta’limi muassasasidagi IT sinflari uchun IT uskunalarini yetkazib berish va o‘rnatish;
(b) O‘qituvchilar uchun o‘quv sinflari, kengaytirilgan va virtual reallik namoyish zallari, raqamli studiyalar, server xonasi hamda yordamchi uskunalarni o‘z ichiga olgan raqamli laboratoriya (IPI)ni tashkil etish;
(c) 13 ta hududiy maktabda raqamli studiyalar tashkil etish;
(d) Onlayn ta’lim platformasi va mobil ilovani ishlab chiqish;
(e) Boshqaruvni topshirish, tizimdan foydalanish hamda texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha treninglar o‘tkazish.
- Savdolar tender savdolari (CB) tartib-taomillari asosida EDCF kreditlari doirasidagi Xaridlar bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq o‘tkaziladi. Mazkur taklif barcha talablarga javob beruvchi ishtirokchilar uchun ochiq.
- Tender hujjatlarining to‘liq to‘plami (RFP) Koreya Eksport-import banki tomonidan tasdiqlangandan so‘ng elektron shaklda taqdim etiladi.
- Qiziqish bildirish xatlari tvetedcf@edu.uz elektron manziliga 2026-yil 15-aprel soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti) muddatda yuborilishi lozim.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Loyihani amalga oshirish guruhi (LAOG)
Nazim Alimov - GPR menejeri
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani,
Universitet ko‘chasi 7, 100174,
Tel: +998 97 760 83 90
Elektron pochta: tvetedcf@edu.uz
