Doʻstlikda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi
2025-10-31 08:05:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari Doʻstlik tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport musobaqalarining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur olimpiada doirasida oʻquvchilar yengil atletika, stol tennisi hamda voleybol turlarida oʻzaro bellashdilar. Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashдан iboratdir.
Gʻolib va sovrindor jamoalar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar.
