“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Do‘stlik tumani sportchisi yutuqqa erishdi
2025-07-12 20:25:00 / Yangiliklar

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan kurash sport turi bo‘yicha Bosh prokuror kubogi musobaqasining Respublika final bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
🥉 Unda 73 kg vazn toifasida Do‘stlik tumani, Gʻofur Gʻulom MFY vakili Doston Omonov faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Uning ushbu muvaffaqiyatli ishtiroki munosabati bilan, mahallasida vorkaun maydonchasi barpo etish uchun 300 million so‘mlik vaucher tantanali ravishda topshirildi.
📌 Bu yutuq nafaqat sportchimiz, balki butun mahalla yoshlari uchun katta rag‘bat va sport infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
