Davra suhbati o‘tkazildi
2025-04-03 16:25:00 / Yangiliklar

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudi va Majburiy ijro byurosi Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan majburiy ijro byurosi Do‘stlik tuman bo‘limi binosida davra suhbati o‘tkazildi.
So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Jumladan, sud va majburiy ijro byurosi organlari hamkorlikda aholining sud orqali qonuniy huquq va manfaatlarini tiklash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Fikrimizning tasdig‘i sifatida, joriy yilning 2-aprel kuni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi, Do‘stlik tumanlararo iqtisodiy sudi va Majburiy ijro byurosi Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan majburiy ijro byurosi Do‘stlik tuman bo‘limi binosida sud hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida sud va MIB o‘rtasida o‘zaro hamkorlik, muloqot va hamjihatlik yo‘lga qo‘yilib, o‘zaro hamkorlikka oid qo‘shma yig‘ilish bayoni imzolanib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudi va Do‘stlik tumanlararo sudining raisi va Majburiy ijro byurosi Do‘stlik tumani bo‘limi boshliqlari tomonidan mas’ul xodimlarga aholini dardu-tashvishi bilan yashash va sud hujjatlarini ijrosini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilanganligi alohida ahamiyatlidir.
Zero, xalq bilan muloqot, ularning dardu tashvishi bilan yashash eng asosiy maqsad bo‘lib, uning ro‘yobi yurtimiz ravnaqiga, uning yanada gullab-yashnashiga, fuqarolarning tinch, osuda, farovon hayot kechirishlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bekzod Kazakov,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining raisi
