ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASh INSON MANFAATLARI UCHUN XIZMAT QILADI
2025-02-14 18:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi huquqiy-demokratik rivojlanishining bugungi kundagi asosiy yo‘nalishi va tamoyillari negizida avvalo, inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlari hamda xalqning farovonligi yotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025-yil 30-yanvarda imzolangan “FUQAROLAR VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING HUQUQLARINI SUD ORQALI HIMOYA QILIShNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARINI JORIY ETISh BO‘YIChA QO‘ShIMChA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”GI PQ-33-son qaroriga 1-ILOVA bilan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish KONSEPSIYaSI qabul qilindi.
Mazkur KONSEPSIYA bilan - Ma’muriy sud ishlarini yuritishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi asosiy vazifalar belgilandi:
1. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda manfaatdor shaxs tushunchasining huquqiy ta’rifini aniqlashtirish, shaxsning manfaatdorligi masalasini arizani sudga qabul qilish jarayonida hal etish tartibini joriy etish.
2. Ma’muriy sudga murojaat etish muddatlarini ma’muriy da’vo turlaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqish, ayrim turdagi nizolar (masalan, haqiqiy emas deb topish haqidagi talab) bo‘yicha sudga murojaat qilishning maxsus muddatlarini belgilash.
3. Ma’muriy sudlarga jamoaviy arizalar (class action) berish tartibi va asoslarini belgilash.
4. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza berishga vakolatli bo‘lgan davlat organlari va boshqa shaxslar doirasini kengaytirish.
5. Ommaviy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga daxldorligi nuqtai nazaridan ma’muriy sud ishlarini yuritishda jalb qilinishi lozim bo‘lgan uchinchi shaxslar doirasiga aniqlik kiritish.
6. Jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga bo‘lgan huquqdan kelib chiqib, ma’muriy sud ishlarini yuritishda manfaatdor shaxslar doirasini belgilash.
7. Arizani qabul qilishni rad qilish, ko‘rmasdan qoldirish, qaytarish asoslarini takomillashtirish (nizoni sudgacha hal qilish tartibiga amal qilmaslik, manfaatdor shaxs bo‘lmagan shaxs tomonidan ariza berilishi va boshqalar).
8. Dastlabki himoya choralarini qo‘llash tartibi va asoslarini takomillashtirish, bunda dastlabki himoya choralarini qo‘llash oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibini, dastlabki himoya chorasini hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin bekor qilish tartibini, dastlabki himoya chorasini qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni belgilash.
9. Ma’muriy sudlarga nizo predmetiga doir qo‘shimcha talablar bilan murojaat qilish imkoniyatini yaratish (dastlabki arizaga qo‘shimcha talab bildirilganda ularni birgalikda ko‘rib chiqish tartibini joriy etish).
10. Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bilan bir qatorda unga sababiy bog‘lanishda bo‘lgan zararning o‘rnini qoplash haqidagi talabning ma’muriy sud tomonidan ko‘rilishiga oid normalarni rivojlantirish.
11. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish prinsipini qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish.
12. Ma’muriy organning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining, ular mansabdor shaxslarining qarorini haqiqiy emas, harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish haqidagi ishlar yuzasidan sud tomonidan tekshirilishi lozim bo‘lgan asoslarni belgilash.
13. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda prokuror ishtirokiga oid normalarni xalqaro standartlardan kelib chiqib takomillashtirish.
14. Arizani ish yuritishga qabul qilish, ishlarni ko‘rib chiqishga oid oqilona protsessual muddatlarni, ularni tiklashning aniq chegaralarini belgilash.
15. Sud xarajatlari turlarini aniqlashtirish va takomillashtirish (huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar, ekspertiza o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni oldindan to‘lash tartibini joriy etish).
16. Ish yuritishni tugatish asoslari, tartibi va oqibatlarini takomillashtirish.
17. Sudning ish yuritishni to‘xtatib turish huquqi va majburiyatiga asos bo‘luvchi holatlarni qayta ko‘rib chiqib, to‘xtatib turish muddatlarini aniq belgilash.
18. Ma’muriy sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlarini ijro etishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish.
19. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashga doir normalarni takomillashtirish, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni elektron xabardor qilish, ularga sud hujjatlarini elektron hujjat tarzida taqdim etishning huquqiy mexanizmlarini yaratish.
20. Kelishuv bitimiga oid normalarni takomillashtirish. Bunda ma’muriy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida va sud hujjatini ijro etish jarayonida nizoni kelishuv bitimini tuzgan holda hal etish mexanizmlarini kengaytirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.
Ma’muriy sudlarning asosiy maqsad va vazifalari avvalo qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgandir.
M.Toshpulotov,
Jizzax tumanlararo ma’muriy
