Pensiya tayinlanishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berdim. Arizam qabul qilinganini qanday bilishim mumkin?
2025-02-07 17:50:00 / Yangiliklar

Bexato, [07.02.2025 17:34]
10--Men yaqinda 54 yoshga to‘laman, stajim 20 yil, shundan 5 yil bola parvarishida o‘tirganman. Men 54 yoshdan pensiyaga chiqishim mumkinmi?
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni 12¹-moddasiga ko‘ra, ushbu Qonun 37-moddasining «a», - «g» (https://lex.uz/docs/112314#4130636) va «k» (https://lex.uz/docs/112314#6387565) bandlarida nazarda tutilgan kamida 20 yillik ish staji bo‘lgan ayollar 54 yoshga to‘lganda imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lishlari belgilangan.
⏩ Bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yilining mehnat stajiga qo‘shilishi 37-moddaning “j” bandida (https://lex.uz/docs/112314#127690) keltirilgan.
⬅️ Demak, ko‘rsatib o‘tilgan «j» bandi 54 yoshda imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish uchun Qonun 37-moddasining «a», - «g» va «k» bandlarida nazarda tutilgan 20 yillik ish stajiga kiritilmasdan hisoblanadi.
📌 Shu sababli, ushbu vaziyatda ayol fuqaro 54 yoshdan pensiyaga chiqa olmaydi. Bunda shaxsning Qonun 37-moddasining «a», - «g» (https://lex.uz/docs/112314#4130636) va «k» (https://lex.uz/docs/112314#6387565)bandlarida nazarda tutilgan staji 20 yil emas 15 yil sifatida belgilanadi.
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
11--Bola parvarishi ta’tilida bo‘lganlik davri qanday aniqlanadi?
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri quyidagi davrlarni tashkil etadi:
🔵1 yil — 1971 yil 1 yanvardan 1983 yil 1 noyabrgacha tug‘ilgan bola uchun;
🔵1,5 yil — 1983 yil 1 noyabrdan 1990 yil 1 iyulgacha tug‘ilgan bola uchun;
🔵3 yil — 1990 yil 1 iyuldan keyin tug‘ilgan bola uchun.
Misol uchun, fuqaro mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) bo‘lmagan yoki yuqorida belgilangan muddatlar asosida hisoblangan bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti davomiyligidan norozi.
📄 Bunday hollarda fuqaroning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi asosida olinadigan yoki fuqaro tomonidan taqdim qilinadigan tashkilot yoki arxiv tomonidan beriladigan uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lishi va qaytishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar asosida belgilanadi
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
Pensiya tayinlashni so‘rab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (https://t.me/PensionFundRUz/5994) orqali murojaat qilinganida (https://t.me/PensionFundRUz/5886) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi murojaat qiluvchining so‘rovnomada keltirilgan mobil telefon raqamiga yoki shaxsiy kabinetiga uning murojaati qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma (SMS) yuboradi.
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
12-- Faqat pasport bilan pensiyaga chiqish uchun ma’lumotlar RAQAMLASHGAN bo‘lishi lozim
Hurmatli fuqarolar!
Siz pensiya yoshiga yaqinlashdingiz va ortiqcha ovoragarchiliklarsiz pensiyaga chiqishni xohlaysiz. Buning uchun nima qilish kerak deysizmi?
🔍 Javob: Dastlab, albatta mehnat faoliyat davrlaringiz to‘liq raqamlashganini tekshirishingiz kerak. Buni my.gov.uz portali orqali ham tekshirib olsangiz bo‘ladi. (https://my.gov.uz/uz/service/496)
⏩ Agarda Siz hozirda ishlayotgan bo‘lsangiz o‘z ish beruvchingizdan oldingi mehnat faoliyat davrlaringizni raqamlashtirilgani yoki yo‘qligini so‘rab bilishingiz mumkin.
Sizning hisobingiz bo‘yicha mehnat faoliyatingizning biror bir davri raqamlashtirilmagan bo‘lsa, bu masalada Siz shu tashkilotga murojaat qilsangiz ham bo‘ladi.
❔ Ishlamayotgan fuqarolar mehnat faoliyatidagi davrlarni qanday raqamlashtirishlari mumkin?
📖 Bugungi kunda hududlarda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlar (birjalar) mavjud bo‘lib,
ishlamayotgan fuqarolar mazkur birjalarga murojaat qilib, raqamlashtirish xizmatlaridan bepul foydalanishlari mumkin.
✅ Yuqorida
Bexato, [07.02.2025 17:34]
gilar to‘liq bajarilgan taqdirda fuqarolarga pensiya muammosiz tayinlanadi..
M.Yu.Nurmuxammedov,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Do‘stlik tuman bo‘limi boshlig‘i
