Do‘stlik tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
2026-07-13 14:10:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tuman Xalq qabulxonasida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolarini ijobiy hal etishga qaratilgan tuman hokimining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosari Muqaddas Suyunova, tuman prokurori o‘rinbosari Odil Eshqobilov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Gʻulom Mamatqulov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, kommunal xizmatlar, yer va kadastr, uy-joy, infratuzilma hamda boshqa sohalarga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi, qonun doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga belgilangan muddatlarda amaliy choralar ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Bunday qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning dardu tashvishlarini o‘z vaqtida eshitish va ularga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
