“Sayyor qabul” orqali fuqarolar muammolari o'rganilmoqda.
2026-05-13 14:10:00 / Yangiliklar

👍 Do‘stlik tuman adliya boʻlimi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻiga biriktirilgan nizoli oilalar salmogʻi yuqori boʻlgan tumanning “Manas” mahalla fuqarolar yigʻinida sayyor qabul tashkil etildi.
🪧 Sayyor qabulda ishtirok etgan 30 nafardan ortiq fuqarolardan 15 nafari muammolari bilan murojaat qilishdi, ushbu murojaatlarning 10 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, 5 tasiga joyida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi hamda fuqarolarga qonunchilikdagi yangiliklarga oid tarqatma materiallari tarqatildi.
💡 Shu bilan birga, “mahalla yettiligi”gi a’zolariga, fuqarolarga davlatimiz rahbarining 05.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qaroriga asosan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar va vazifalarning mazmuni haqida ham huquqiy tushuntirish berildi.
📎 Bundan tashqari, ishtirokchilar Vazirlar Mahkamasining 29.01.2026-yildagi “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 35-son qarori haqida xabardor qilinib, qarorning mazmun-mohiyati oddiy va xalqchil tilda tushuntirib berildi.
♻️ Xodimlar tomonidan “mahalla yettiligi” hamda fuqarolarga erta va qarindoshlar orasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda oila qadriyatlari haqida tushunchalar yetkazish, bolalar va ayollarning huquqlarini himoya qilish, ularga huquqiy axborot yetkazish, zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan bolalarga bepul yuridik maslahat ko‘rsatish, huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga hamda fuqarolik huquqlari buzilgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatish, nizoli oilalarni muammolarini o‘rganish bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
✅ Bundan tashqari, “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish va mahalla fuqarolar yig‘inida yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam ko‘rsatilishi ta’minlandi.

