Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Fermerlar kengashining MUROJAATI
2026-04-21 16:30:00 / Yangiliklar

Bexato: Joriy yil 18 apreldan – 18 maygacha “Chorvachilikda sanitariyaepidemiya-gigiyena” oyligini e’lon qilish va epizotik tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘zbekiston Fermerlar kengashining
MUROJAATI
Bugungi kunda dunyoda ekologik muvozanat va iqlim o‘zgarishi natijasida chorva hayvonlarining turli yangi tipdagi kasalliklari yuzaga kelmoqda. Xususan, xorijiy davlatlarda chorva mollarining Oqsil (yashur) kasalligi tarqalish xavfi kengaymoqda.
Jahon hayvonlar sog‘ligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra 2025-2026 yillarda 48 ta davlatda, jumladan Osiyo qit’asidagi 22 ta, Yevropa qit’asidagi 3 ta, Afrika qit’asidagi 23 ta davlatda hayvonlarning oqsil kasalligining yangi “SAT” tipi tarqalishi qayd etilgan.
Oqsil kasalligining A, O, Aziya-1 tiplariga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar SAT-1 va SAT-2 tiplaridan himoya qilmaydi.
Kasallikni vaksina qo‘llanilmagan hayvonlarga yuqish ehtimoli yuqori bo‘lib, hayvonlarni mahsuldorligi va nasl berish qobiliyati pasayadi.
Kasallik tarqalishini oldini olishda chorva hayvonlarini reja asosida o‘z vaqtida emlash, veterinariya-sanitariya tadbirlarini bajarishda veterinariya xodimlari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, chorva mollari egalari mas’uliyatli bo‘lishlari va faol qatnashishi lozim.
Kasallik tarqalishini oldini olish uchun:
xo‘jalik yoki fermaga kirish joylariga hayvonlar va transport vositalari o‘tishi uchun dezobaryerlar, ishchi xodimlar uchun dezinfeksiya vositalari, shimdirilgan dezomatlar tashkil qilinib, ularni konsentratsiyasi veterinar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilish va hududga begona shaxslar hamda transport vositalarining kirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
xo‘jalik yoki fermalarda hayvonlarni saqlashda zoogigiyenik ko‘rsatkichlar (namlik, harorat, havo aylanishi, tabiiy va sun’iy yorug‘likni tushishi, ammiak-is gazi va boshqa gazlarning miqdori) me’yorda bo‘lishiga amal qilish;
sifatli ozuqa va suv bilan ta’minlash, go‘nglarni o‘z vaqtida chiqarib tashlash, ishchi xodimlar maxsus kiyim kechaklar, asbobanjomlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
daydi hayvonlarni, mushuk, it, qushlarni ferma binosi va qo‘yxonalarga yaqinlashtirmaslik, sichqon va kalamushlarga qarshi deratizatsiya tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazish zarur.
Kasallikka shubha qilsangiz Veterinar yetib kelgunga qadar kasal hayvonni alohida saqlang va kasallik tarqalib ketishiga yo‘l qo‘ymang. Hayvon qarovchilariga molxona yoki turgan hovlilaridan tashqariga chiqishlariga izn bermang.
Chorva hayvonlari oqsil kasalligi alomatlari aniqlansa (yuqori harorat, og‘iz bo‘shligida yaralarning paydo bo‘lshi, tuyoqlardagi o‘zgarishlar, hamda yelin so‘rg‘ichlarida yaralarning paydo bo‘lishi):
birinchi navbatda albatta veterinariya vrachiga xabar bering, u bilan maslahatlashmasdan, dori yoki dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanmang;
Veterinariya bo‘limi holatni o‘rganib chiqib, agar kasallik tasdiqlansa, karantin chora-tadbirlarini ishlab chiqib, karantin e’lon qiladi;
kasallangan va kasallikka shubha qilingan hayvonlarni maxsus izolyatorlarga ajrating hamda kasallangan hayvonlar turgan molxonada oyoq ostiga tushgan o‘tlar va go‘nglarni yoqib yuboring;
binolarni tozalash va dezinfeksiyalovchi vosita bilan yuving, kasallik chiqqan hudud hayvonlaridan olingan sutlarni qaynatmasdan ichmang va boshqalarga bermang;
hayvon mahsulotlari (sut, go‘sht, teri, shox, tirnoq)ni shu hududdan tashqariga chiqarilishiga yo‘l qo‘ymang, sut yig‘ish va qayta ishlash idishlarini yuving va dezinfeksiya qiling;
Kasallangan chorva hayvonlarida:
og‘iz va yelin yaralari uchun bikarbonat (choy sodasi), kaliy permanganat (margansovka), kaliy xlorat;
oyoq yaralari uchun natriy gidroksid, natriy gipoxlorid, kaliy gipoxlorid aralashmasi, kaliy gidroksid eritmalari bilan yuvib, tozalash lozim.
Yaxshilab tozalangandan so‘ng organik kislotalar, formalin (1 l suvga 20 sm3), kreolin eritmalari bilan qaytadan yuvishni unutmang.
Oqsil kasalligiga qarshi chorva mollari bir yilda ikki marta emlanadi, xususan, rejali ravishda qoramollar har yili bahor va kuzda bir martadan va qo‘ylar esa yilda bir marta
[21.04.2026 16:44] Bexato: emlanadi.
[21.04.2026 16:44] Bexato: Epidemiyaga qarshi majburiy emlash kasallikning tarqalishini to‘xtatish maqsadida belgilangan hududlarda tuman veterinariya bo‘limi tomonidan 2,5-3,0 oylikdan katta bo‘lgan barcha kasallikka moyil hayvonlarda amalga oshirilishi lozim.
Zararsiz emlashdan 15-21 kun o‘tgach organizmda shu kasallikka qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Oqsil kasalligiga qarshi emlash tadbirlari veterinariya vrachi va feldsherlar tomonidan o‘tkaziladi.
Chorva hayvonlarida har xil yuqumli va yuqumsiz hamda parazitar kasalliklarining alomatlari aniqlangan hollarda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining ishonch raqamlariga (71-202-12-00, ichki 210, 218, 323) bog‘lanib, mutaxassislarni ogohlantirishingiz so‘raladi.
Hurmatli chorvador fermerlar, chorva mollarini salomatligini saqlashda birinchi navbatda tozalikka, veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilish muhimdir.
Tozalik — bu faqat tartib emas, balki yuqori mahsuldorlik, sog‘lom chorva va barqaror daromad garovidir. Har bir fermer va chorvador bu masalaga jiddiy qarasa, sohada katta natijalarga erishishi muqarrar.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish va profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha respublikamizning yetakchi olim va mutaxassislari tomonidan alohida tavsiya ishlab chiqildi.
Sizlardan mazkur tavsiyaga qat’iy rioya qilgan holda ishlarni tashkil etishingizni so‘raymiz!
