Yurtimizda islohotlar izchil davom etib, yangi bosqichga olib chiqiladi
2026-04-21 11:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi “Mamlakat taraqqiyotining 2030 yilgacha mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari doiraisda islohotlarni izchil davom ettirish va yangi bosqichga olib chiqishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining “QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH” yo‘nalishi belgilangan.
84-maqsad - Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish
Jinoyat ishi yurituvida yarashuv institutidan foydalanish imkoniyatini 20 foizga oshirish;
Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim prosessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlaridan foydalanish darajasini 50 foizga yetkazish;
85-maqsad - Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish
Ma’muriy sudlarda ishlarning kelishtirish choralari orqali hal etilish darajasini 50 foizga oshirish;
86-maqsad - Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish
Fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida yangi interaktiv xizmatlar sonini 19 taga yetkazish;
88-maqsad - Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish
Fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha advokatlar hamda sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi darajasini 50 foizga yetkazish “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsyaiviy qonun 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.
L.Qodirqulov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Do‘stlik tuman sudining raisi
