“Mahalla bog‘i” barpo etilmoqda
2026-03-31 11:55:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumani “Mevazor” mahallasida atrof-muhitni muhofaza qilish, "yashil makon"larni kengaytirish hamda aholi uchun shinam dam olish maskanini yaratish maqsadida “Mahalla bog‘i” barpo etilmoqda.
Ayni paytda mazkur bog‘ hududida ko‘chat ekishga tayyorgarlik ishlari qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, yer maydonlarini tozalash, tekislash va agrotexnik jihatdan tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Kelgusida ushbu hududda manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, aholi uchun zamonaviy va ko‘rkam dam olish maskaniga aylantirish rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat mahalla ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki ekologik muhitni yaxshilashga ham xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus mahalla ahlining faol ishtiroki va hamjihatligida amalga oshirilayotgani bilan ahamiyatlidir.
