Do‘stlik tumanidagi "Oila maktabi" da yoshlarga oilaviy hayot saboqlari o‘tildi
2026-03-30 17:05:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanidagi "Oila maktabi"da nikoh ostonasida turgan bir guruh yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha amaliy saboqlar tashkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarga sog‘lom va barqaror oila qurish, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat, mas’uliyat, huquq va burchlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, nikohdan oldingi tibbiy ko‘rikning ahamiyati, bolalar tarbiyasi va oilaviy muhitdagi psixologik yondashuvlar haqida ham fikr almashildi.
Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
