Do‘stlik tumanida bog‘cha ta’mirlanmoqda
2026-03-27 15:50:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanida ta’lim infratuzilmasini yanada mustahkamlash, yosh avlod uchun zamonaviy va xavfsiz sharoitlar yaratish borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, tumandagi 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu maqsadlar uchun muassasaga 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Loyiha doirasida binolar to‘liq zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilinib, ichki va tashqi ta’mir ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar uchun qo‘shimcha inshootlar, o‘yin maydonchalari va qulay shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Mazkur ishlar bolajonlar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy muhit yaratish, ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishini ta’minlashga xizmat qiladi. Qurilish-ta’mirlash ishlari belgilangan reja asosida davom ettirilmoqda.
