Gʻafur Gʻulom mahallasida darvishona marosimi o‘tkazildi
2026-03-28 15:45:00 / Yangiliklar

Do‘stlik tumanida insonparvarlik, hamjihatlik va milliy qadriyatlarimizga xos ezgu an’analar izchil davom etmoqda. Xususan, Yoshlar shaharchasida joylashgan Gʻafur Gʻulom mahallasida o‘tkazilgan darvishona marosimi ana shunday ma’naviy muhitning yorqin ifodasi bo‘ldi.
Ushbu marosimda mahalla faollari, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Qur’oni karimdan tilovatlar qilindi. Ayniqsa, yurt tinchligi, xalq farovonligi va baraka uchun qilingan duolar tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.
Darvishona — xalqimizning asrlar davomida shakllangan bag‘rikenglik, saxovat va hamjihatlik fazilatlarini namoyon etuvchi muhim an’analardan biri hisoblanadi. Bu kabi marosimlar orqali insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro hurmat va birdamlik rishtalari yanada mustahkamlanadi.
Tadbir davomida yig‘ilganlarga ehson tariqasida osh tarqatilib, barchaga birdek e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi.
