KORRUPSIYA QARSHI KURASHISH DAVR TALABI
2026-02-18 12:20:00 / Yangiliklar

Korrupsiya davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir, desak, yangilishmagan bo‘lamiz. Agar korrupsiya haqida soddaroq aytadigan bo‘lsak, u davlat idoralarida ishlovchi shaxslarning o‘z amalidan foydalanib, shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo‘yishlari, pora evaziga sotilishlari yoki sotib olinishlari, noqonuniy moddiy yoki nomoddiy boylik orttirishlari demakdir.
Xalq tilida soddagina qilib – korrupsiya, deb ataluvchi hodisa barcha islohotlar ildiziga bolta urarkan, uni keltirib chiqaruvchi sabab va qarshi kurash choralarini bilishimiz lozim bo‘ladi.
Qonun hujjatlarida korrupsiya tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari qonuniylik, fuqarolar huquqlari erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqliq va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fukarolik jamiyatiing hamkorligi koorupsiyaning oldini olishga doir chora tadbirlar ustuvorligi va javobgarligining muqarraligidir. Hozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurash muammosi o‘ta dolzarbdir. Bu bir necha omillar bilan belgilanadi.
Birinchidan, davlatning mansabdor shaxslari tomonidan o‘z mavqeini suiste’mol qilish hollari hokimiyat obro‘siga jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlariga putur yetkazadi.
Ikkinchidan, iqtisodiy mazmuni resurslarini taqsimlash jarayonini deformatsiyalashishidan iborat bo‘lgan korrupsiya iqtisodiyot rivojiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish murakkab jarayon, chunki u nafaqat yashirin tarzda balki jinoiy til biriktirib sodir etiladi. Korrupsiya odatda shikoyat berilishiga sabab bo‘lmaydi chunki aybdor taraflar qonunga xilof bitimdan naf ko‘radilar. Hatto tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish ustidan ham shikoyat kamdan kam hollarda beriladi.
Korrupsiya fuqaroning davlat vakili bilan ma’muriy munosabatlari ma’no mohiyatini o‘zgartiradi va jamiyat uchun ham davlat uchun ham salbiy oqibatlarga sabab bo‘ladi. Zotan korrupsiya davlat organlari xodimlarning moddiy yoki mulkiy yo‘sinda g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida o‘z mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy xodisa hisoblanadi.
Davlat xizmatchilari korrupsiya faoliyatining sub’yektlari hisoblanadi chunki korrupsiya munosabatlari yuzaga kelishiga sabab bo‘ldigan qarorlar qabul qilish yoki harakatlar sodir etish uchun hokimiyat vakolatiga faqat ular ega bo‘ladi.
Muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida Takror va takror aytaman. Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid.
Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa – islohotlarimizga xiyonatdir. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026 yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz.
Barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu rahbarlar tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, byudjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.
Davlatning har bir so‘m mablag‘i, resursi bo‘yicha shaxsiy javobgarlik kuchaytiriladi.
“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!
Ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.
Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar – korrupsiyaga sherik, deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi.
Iymonli odam harom luqma, birovning haqini yeyishdan, harom ishlar qilishdan tiyi¬ladi, chunki uning vijdoni pokligi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Va albatta, u ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, xalqi va Vatani uchun fidoyilik bilan halol mehnat qiladi, halol luqma topib, farzandlariga yediradi.
Korrupsiyaga qarshi kurashda albatda, maqsadimiz iqtisodiyotimizni yanada jadal yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish ekan, korrupsiyaga qarshi kurash yo‘lida barchamiz birlashib, bir yoqadan bosh chiqarib, hamjihat bo‘lishimiz kerak, maqsadlarga faqat jinoyat huquqiy vositalari bilan erishib bo‘lmasligi tarixdan ma’lum. Bu borada barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish fuqarolarning huquqiy ongini va dunyoqarashini o‘zgartirish orqali ijobiy natijalarga erishish mumkin. Umuman olganda korrupsiya shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas balki ma’naviy buzilish holati xamdir. Mazkur illatga qarshi kurashda davlat organlari jamoat tashkilotlari va fuqarolarning birgalikdagi sa’iy-harakatlari bilangina kutilgan natijaga erishish mumkin.
B.Kazakov,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining raisi
