Do‘stlik tumanida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazilmoqda
2025-12-23 17:05:00 / Yangiliklar
Do‘stlik tumani tibbiyot birlashmasida Respublika Milliy tibbiyot markazidan yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar ish boshlashdi. Ular aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun bepul tibbiy profilaktik ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Aholi o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklarini barvaqt aniqlash, asoratlarning oldini olish hamda aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan ushbu tibbiy profilaktik tadbirlar 2026 yil 10 yanvarga qadar davom etadi.
