DO‘STLIK TUMANI HOKIMLIGI TOMONIDAN QONUNCHILIK HUJJATLARI VA TOPSHIRIQLAR IJROSINI TASHKIL ETISH YUZASIDAN JAMOATCHILIKKA HISOBOT
2025-12-16 16:30:00 / Yangiliklar
Shaxsiy masʼuliyat, temir intizom, kasbiy gʻurur va professional mahorat — ijro intizomining mustahkam poydevoridir.
Ochiqlik va shaffoflik davr talabi ekan, har bir davlat organi hamda tashkiloti keng jamoatchilik oldida hisobot berishi lozim. Do‘tlik tuman hokimligi xalq oldidagi mas’uliyat va hisobdorlik tuyg‘usini to‘liq anglagan holda har oy o‘z faoliyatida ijro intizomi to‘g‘risidagi hisobotini jamoatchilik e’tiboriga havola etadi.
Tuman hokimligiga 2025 yilning dekabr oyining shukuniga qadar “Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan: Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari hamda majlis bayonlarida jami 5 527 ta topshiriq Do‘stlik tumani hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan, bugungi kunda ijro muddati yakunlangan 4983 ta topshiriqlarning ijrosi to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 544 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash choralari ko‘rilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshiriqlaridan joriy yil yakuniga qadar bajarilishi lozim bo‘lgan 27 ta topshiriqlar ijrosi ustidan doimiy nazorat olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarda 371 ta topshiriq tuman hokimligiga ijro uchun kelib tushgan. Shundan 87 ta muddati mavjud bo‘lgan topshiriqlar ijrosi ustidan nazorat qilinib borilmoqda.
Joriy yilning dekabr oyida jami 189 ta topshiriq, shundan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 162 ta hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan 27 ta topshiriqda tuman hokimligiga asosiy ijrochi sifatida belgilangan, mazkur topshiriqlarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha kunbay kalendar grafik ishlab chiqildi. Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosarlari kesimida “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilib, tuman hokimi tomonidan tasdiqlandi hamda ijroga qaratildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-468-son qaroridagi 118 ta topshiriq tuman hokimligiga ijroga qaratilgan bo’lib, hozirgi kunda mazkur 118 ta topshiriqdan 76 tasining to‘liq va sifatli bajarilgan, qolgan 42 ta topshiriq belgilangan tartibda ijroga qaratilib, ijrosini barvaqt va sifatli ta’minlash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda
Mas’ul xodimlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirish uchun joriy yil boshidan oktabr kuniga qadar Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, Qaror, Farmoyish va topshiriqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlamagan hamda mas’uliyatsizligi oqibatida topshiriq ijrosini kechiktirilishiga sababchi bo‘lgan 3 nafar hokim o‘rinbosariga jarima va 2 nafar rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Shu bilan birgalikda 15 nafar mas’ullarga tegishli tartibda ogohlantirish berildi.
“Edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo elektron tizimiga kiritilgan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi hamda Hisob palatasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng nazoratdan yechilishi inobatga olgan holda, tuman hokimligida ushbu topshiriqlar belgilangan muddatlarda va puxta bajarilishini ta’minlash maqsadida oldindan ogohlantirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Shuningdek, har hafta ikki marotaba kelgusi oy yakuniga qadar ijro muddati yetib keladigan topshiriqlar ro‘yxati eslatma sifatida hokim o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘linma rahbarlari hamda tuman bo‘lim va tashkilotlarga yetkazib borilmoqda.
Ijro intizomini kuchaytirish maqsadida haftaning har dushanba kunlari tuman hokimi rahbarligida, haftaning har juma kuni hokimning birinchi o‘rinbosari huzurida ijro intizomi holati tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosi kunbay, soatbay qat’iy nazorat qilinmoqda.
Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash barcha rahbarlarning eng muhim va birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, tuman hokimi rahbarligida topshiriqlarning o‘z vaqtida bajarilishi, mustahkam ijro intizomiga amal qilinishi doimiy ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Do‘stlik tumani hokimligi
