Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga jazo muqarrar
2025-11-19 18:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 10 avgustdagi 389 sonli va 2015 yil 20 avgustdigi 391 sonli “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan jinoyat qonunchiligidan ma’sul mansabdor shaxs degan tushuncha chiqarib tashlanib, jazo turi sifatida ozodlikni chiklash tushunchasi qonunchilikka kiritildi. Shuningdek Jinoyat kodeksining 210 –moddasini birinchi qismi dispozisiya qismi Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarni o‘zini –o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan xolda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan xarakatni pora berayotgan shaxsning bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila to‘rib moddiy qimmatliklar olish yoxud mulkiy naf ko‘rish deb belgilandi. Jinoyat kodeksning 211 moddasining birinchi qismi dispozisiyasi quyidagi taxrirda bayon qilindi. Pora berish ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarni o‘zini –o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali mansabdor shaxsga moddiy qimmatliklarni berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish.
Pora har xil moddiy boyliklar shaklida: pul, chet el valyutasi, qimmatbaho buyumlar, qimmatbaho kog‘ozlar, oziq-ovqat yoki past bahodagi sanoat tovarlari bulishi mumkin. Pora predmetiga pora oladiganga qaytarmaslik sharti bilan ochiq-oydin mulkiy mohiyatga molik bo‘lgan turli xildagi ko‘rsatilgan xizmatlarni ham kiritish mumkin. Bunga sanitariya yoki kurort yo‘llanmalarini taqdim etish, ta’mirlash, qurilish va boshqa ishlarni ko‘rsatish mumkin.
Mansabdor shaxsga nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish poraxo‘rlik deb topilmaydi. Muayyan sharoitlarda mazkur holatlarni hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish deb ta’riflash mumkin.
Pora olish usuli va uning shakli jinoiy javobgarlik uchun ahamiyat kasb etmaydi. Pora pora beruvchidan mansabdor shaxsning o‘zi tomonidan yoki vositachi, pochta, telegraf va hokazalar orqali olinishi mumkin. U ochiq sotib olish yoki tashqaridan qaraganda qonuniy shaklllarda: ya’ni sovg‘a, arzon bahoda narsani sotish, qalbaki mehnat bitimlarini tuzish va ular uchun pora oluvchiga, uning qarindoshlari yoki boshqa ishonchli shaxs tomonidan ularning guyoki bajargan ishi, ko‘rsatgan texnik yordami va sh.k uchun to‘langan pul shakllarida bo‘lishi mumkin. pora predmetlari bevosita pora oluvchi mansabdor shaxsga yoki uni xabardor qilgan holda, uning oila a’zolariga yoxud uning yaqinlaridan bo‘lgan boshqa shaxslarga berilgan bo‘lishi, shuningdek pora oluvchining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
Qonunda og‘dirib olish tariqasidagi va mukofot tariqasidagi pora farqlanmaydi. Shu sababdan pora oluvchining manfaati yo‘lida mansab qilmishi sodir etilguncha pora to‘g‘risida kelishib olingan bo‘lsa ham, bunday qilmish pora to‘g‘risida avvaldan kelishilmagan holda sodir etilgan bo‘lsa ham pora olish jinoyati mavjud bo‘laveradi.
Shu bilan birga mansabdor shaxsning shaxsiy va ijtimoiy hayotiga dahldor bo‘lgan tantanali kunlarda sovg‘alar olishi pora olish bo‘lmaydi.
Mansabdor shaxsni og‘dirib olish yoki minnatdorchilik sifatida pora olish harakati yoki harakatsizligi, albatta, xizmat lavozimini suiste’mol qilish bilan bog‘lik bo‘lishi shart.
Mansabdor shaxs pora beruvchining manfaati yo‘lida tegishli qilmishni bajarish uchun vakolatga ega bo‘lmasada, ammo o‘z lavozim mavkeiga ko‘ra mazkur harakatlarni boshqa mansabdor shaxslar bajarishi uchun chora ko‘rish mumkin bo‘lsa, bunday qilmish ham pora olish deb baholanmog‘i kerak.
Agar pora bo‘lib-bo‘lib berilgan bo‘lsa, mansabdor shaxs uning aqalli bir qismini olgan paytdan boshlab pora olish tugallangan jinoyat hisoblanadi. Bunda mansabdor shaxsning kelishilgan har akatni bajargan-bajarmaganligining ahamiyati bo‘lmaydi.
Mansabdor shaxsning harakati yoki harakatsizligi qonuniy, pora olish olmasligidan qat’i nazar, bajarilishi kerak bo‘lishi ham, noqonuniy, g‘ayrihuquqiy bo‘lishi ham mumkin. Mansabdor shaxs pora evaziga o‘z lavozimidan foydalanib, o‘zi jinoyat bo‘lgan qilmishni sodir etgan hollarda, mazkur qilmish jinoyatlar majmuini tashkil etadi.
Mansabdor shaxsning pora beruvchi bilan avvaldan til biriktirib, talon-taroj qilingan vositalar yoki birovning mulkini pora sifatida olishi jinoyatlar majmui deb qaralib, pora olish va o‘zgalar mulkini talon-taroj qilish deb baholanishi kerak.
S.Nabiyev,
Jizzax viloyat sudining sudyasi
