DEHQON BOZORLARINI MODERNIZATSIYA QILIŞ: MAQSADLAR, ŞART-ŞAROITLAR VA XUSUSIYLAŞTIRIŞ BÖYIÇA REJALAR
2026-11-17 09:35:00 / Yangiliklar

Dehqon bozorlarini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş masalasi köplab fuqarolar uçun hamon dolzarb bölib qolmoqda. Şu munosabat bilan ijtimoiy tarmoqlarda bozorlarning kelgusi faoliyati istiqbollari, xususiylaştiriş şartlari hamda aholi uçun an’anaviy hisoblangan savdo infratuzilmasidagi özgarişlar yuzasidan muntazam ravişda savollar va turli taxminlar bildirilmoqda. Axborotning oçiqligini ta’minlaş maqsadida Davlat aktivlari agentligi amalga oşirilayotgan özgarişlarning asosiy maqsadlari, tamoyillari va öziga xos jihatlari yuzasidan batafsil ma’lumot beradi.
Dehqon bozorlarini boşqariş sohasiga xususiy sektorni jalb qiliş va davlat iştirokini bosqiçma-bosqiç qisqartiriş, eng avvalo, ularning infratuzilmasini yangilaş, körsatilayotgan xizmatlar sifatini oşiriş, sanitariya-gigiyena şaroitlarini yaxşilaş, şuningdek, zamonaviy qulaylik va xavfsizlik standartlarini ta’minlaşga qaratilgan. Bu yönalişda xaridorlar, şuningdek, tadbirkorlar, fermerlar va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilari uçun qulay muhit yaratiş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunda islohotning boş tamoyili dehqon bozorlarining asosiy vazifasini saqlab qolişdan iborat. Gap ularni yopiş, faoliyat yönalişini özgartiriş yoki ularning örnida an’anaviy savdo faoliyatiga aloqasi bölmagan obyektlarni quriş haqida bormayapti. Aholi uçun odatiy bölgan savdo maydonlari öz faoliyatini davom ettiradi hamda fuqarolarni yangi qişloq xöjaligi mahsulotlari va kundalik ehtiyoj mollari bilan ta’minlaşdagi öz örnini saqlab qoladi.
Aksinça, xususiy investitsiyalarni jalb qiliş bozorlarni rivojlantirişga qöşimça turtki berişga qaratilgan. Xususan, obodonlaştirilgan hudud, sotuvçilar va xaridorlar uçun qulay şart-şaroitlar, tegişli sanitariya infratuzilmasi, avtoturargohlar, xavfsizlik tizimlari hamda zarur kommunal qulayliklarga ega zamonaviy savdo maskanlarini taşkil etiş nazarda tutilmoqda. Bunda “Ekobozor” va “Food City” singari zamonaviy savdo majmualari tajribasini namuna sifatida körib çiqiş mumkin. Uşbu majmualar tajribasi an’anaviy savdo-sotiqni savdo makonini taşkil etişning zamonaviy standartlari bilan uyğunlaştiriş imkoni borligini körsatadi.
Aholi va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qiliş, şuningdek, savdo xizmatlaridan foydalaniş imkoniyatini saqlab qolişga alohida e’tibor qaratilmoqda. Modernizatsiya jarayoni fuqarolar uçun qöşimça noqulayliklar keltirib çiqarmasligi yoki mahsulot işlab çiqaruvçilar va savdogarlarning öz mahsulotlarini sotiş imkoniyatlarini asossiz ravişda çeklaşga olib kelmasligi lozim.
Xususiylaştiriş jarayoni bosqiçma-bosqiç, har bir bozorning öziga xos tomonlarini inobatga olgan holda, manzilli amalga oşiriladi. Bu jarayon davlat mulki obyektlarini ommaviy sotişni nazarda tutmaydi. Qarorlar qabul qilinişidan oldin obyektlarning holati, iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy ahamiyati va kelgusidagi rivojlaniş istiqbollari, şuningdek, aksiyadorlar (iştirokçilar) huquqlari va manfaatlarini himoya qilişga oid qonunçilik talablari hamda bozorlarning ta’sis hujjatlari har tomonlama örganiladi.
Jamoatçilik fikrini inobatga oliş ham muhim şartlardan biri hisoblanadi. Har bir obyektni realizatsiya qilişdan oldin manfaatdor tomonlar, jumladan, mahalliy aholi, tadbirkorlar va bozorning boşqa iştirokçilari fikr-mulohazalarini örganiş nazarda tutilgan. Bunday yondaşuv iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bölişi bilan bir qatorda, jamoatçilik manfaatlarini ham hisobga olgan holda asosli qarorlar qabul qiliş imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, dehqon bozorlarini xususiylaştiriş faqat mulkçilik şaklini özgartiriş jarayoni sifatida emas, balki investitsiyalarni jalb qiliş, boşqaruv samaradorligini oşiriş va savdo infratuzilmasini kompleks yangilaş vositasi sifatida qaralmoqda. Amalga oşirilayotgan özgarişlarning asosiy maqsadi fuqarolar uçun dehqon bozorlari vazifasini saqlab qoliş bilan bir qatorda, ularni zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş, savdo uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va zamonaviy standartlarga muvofiqlaştirişdan iborat.
Davlat aktivlari agentligi
Matbuot xizmati
