DAVLAT AKTIVLARI AGENTLIGI MA’MURIY BINOSI 251,5 MLRD SO‘MGA SOTILDI
2026-11-09 14:05:00 / Yangiliklar

2026-yil 9-noyabr kuni “E-auksion” elektron platformasida Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan Davlat aktivlari agentligining ma’muriy binosini sotish bo‘yicha savdolar bo‘lib o‘tdi.

Boshlang‘ich qiymati 165,5 mlrd so‘m bo‘lgan obyekt 251,6 mlrd so‘mga sotildi. Yakuniy narx boshlang‘ich narxdan 52 foizga oshdi.
Ta’kidlash joizki, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’muriy binosi 2025-yil avgust oyida 165,5 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narxda ochiq auksion savdolariga chiqarilgan edi.
Sotish jarayoni vazirliklar, idoralar va ularning idoraviy mansub tashkilotlarini Yangi Toshkentga ko‘chirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu dastur poytaxtdagi 83 ta ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilishni nazarda tutadi.
Bugungi kunga kelib, Toshkent shahrida vazirlik va idoralarning 8 ta ma’muriy binosi umumiy 1 120,4 mlrd so‘m mablag‘ga sotilganini ma’lum qilamiz. Yana
11 ta obyekt, jami 1 020,5 mlrd so‘m boshlang‘ich qiymat bilan savdoga qo‘yilgan.
Bo‘shatilayotgan ma’muriy binolarni realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar Yangi Toshkentda ma’muriy infratuzilmani barpo etishga yo‘naltiriladi.
Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini ochiq elektron savdolar orqali realizatsiya qilish jarayonining shaffofligini ta’minlash hamda tushgan mablag‘larni davlat organlarining zamonaviy infratuzilmasini shakllantirishga yo‘naltirish imkonini beradi.
Davlat aktivlari
agentligi matbuot xizmati
