DAVAKTIVDA O‘ZBEK TILI KUNIGA BAG‘ISHLANGAN KITOB YARMARKASI BO‘LIB O‘TDI
2026-10-21 14:25:00 / Yangiliklar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi binosida Davlat tili kuni munosabati bilan kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir o‘zbek tilini ommalashtirish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish hamda xodimlarning milliy adabiyotimiz va ma’naviy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan edi.
Yarmarkada turli janrdagi kitoblar, jumladan, o‘zbek yozuvchi va shoirlarining asarlari, mumtoz adabiyot, shuningdek, O‘zbekiston tarixi, madaniyati va taraqqiyotiga bag‘ishlangan nashrlar namoyish etildi.
Bunday tadbirlarning o‘tkazilishi kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va davlat tiliga hurmatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Davaktiv xodimlarning intellektual rivojlanishi, madaniy saviyasini oshirish va kitobxonlikni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Davaktiv Matbuot xizmati
