Qoraqalpogʻiston Respublikasi tadbirkorlari va ishbilarmonlari diqqatiga!
2026-09-14 15:15:00 / Yangiliklar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 15-sentabr (seshanba) kuni soat 11:00 da Nukus shahri, Sh. Abdirov ko'chasi, 1-uyda joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat universitetining Madaniyat saroyi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!
