30-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2026-07-31 10:15:00 / Yangiliklar

824 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 37,1 mlrd so'm bo'lgan 420 ta lot 47,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat mulki ijarasi:
- soni 62 ta
- boshlang‘ich narxi 1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
Samarqand shahridan boshlang‘ich yillik ijara narxi 11 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta‘lim maktabi balansidagi binoning bir qismi 160 mln so‘mga ijaraga berildi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 52 ta
- boshlang‘ich narxi 16,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 16,9 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirobod tumanidan boshlang‘ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo‘lgan “Temiryo‘lkargo” AJga tegishli 30 dona yopiq vagonlar 3,1 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
yer uchastkalari:
- soni 29 ta
- boshlang‘ich narxi 2,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 6,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 2,2 ga
Toshkent shahar Olmazor tumanidan boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun yer uchastkasi 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
qishloq xo'jaligi yer uchastkalari:
- soni 181 ta
- boshlang‘ich narxi 3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 1615,5 ga
sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 49 ta
- boshlang‘ich narxi 13,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 17 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Karmana tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mlrd so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi turar joy 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 47 ta
- boshlang‘ich narxi 0,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 0,7 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 157 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 33,1 trln so'm bo'lgan 115 882 ta lot savdoga qo'yilgan.
