O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 94-son qarori qabul qilindi
2026-03-12 13:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-son qarori bilan "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida" qaror qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ularni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish hamda davlat boshqaruvi tizimida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qarorda belgilangan normalar tegishli sohalarda boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirish, amaldagi tartib-taomillarni optimallashtirish hamda normativ-huquqiy bazaning izchilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
