14-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2026-07-15 14:15:00 / Yangiliklar

474 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 17,4 mlrd so'm bo'lgan 316 ta lot 21,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 13 ta
- boshlang‘ich narxi 10,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,7 mlrd so‘m
Yer uchastkalari:
- soni 33 ta
- boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 3,4 ga
Samarqand viloyati Nurobod tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mlrd so‘m bo‘lgan xalqaro yo‘llar bo‘yida xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun yеr uchastkasi 0,4 mlrd so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Urganch tumanidan boshlang'ich narxi 0,2 mlrd so‘m bo‘lgan master-reja asosidagi yеr uchastkasida ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun yеr uchastkasi 0,3 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yer uchastkalari:
- soni 243 ta
- boshlang‘ich narxi 4,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 7,8 mlrd so‘m
Boshqalar:
- soni 27 ta
- boshlang‘ich narxi 0,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
Jizzax shahridan boshlang‘ich narxi 0,5 mlrd so‘m bo‘lgan noturar joy 0,9 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 602 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 31 trln so'm bo'lgan 113 265 ta lot savdoga qo'yilgan.
