Soliq – taraqqiyot poydevori
2026-06-12 13:15:00 / Yangiliklar

Har bir soliq to‘lovchi tomonidan o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilgan soliq to‘lovlari quyidagi muhim yo‘nalishlarni moliyalashtirish imkonini beradi:
-
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish – zamonaviy shifoxonalar va oilaviy poliklinikalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish;
-
Ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash – maktabgacha, umumiy o‘rta, professional va oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim sifati va imkoniyatlarini kengaytirish;
-
Infratuzilmani takomillashtirish – avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hamda ta’mirlash;
-
Ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish – aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, pensiya va nafaqa tizimini moliyalashtirish, bandlikni ta’minlash hamda boshqa ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish.
Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lash nafaqat qonunchilik talablarini bajarish, balki jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini namoyon etishdir. Har bir halol soliq to‘lovi davlatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, yangi imkoniyatlar yaratish va fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu bois barcha soliq to‘lovchilarni soliq majburiyatlarini belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda bajarishga chaqiramiz. Zero, bugun to‘langan har bir soliq – ertangi taraqqiyot, farovon hayot va Yangi O‘zbekistonning yanada ravnaq topishiga qo‘shilgan munosib hissadir.
