3-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi
2026-07-06 10:05:00 / Yangiliklar

678 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 34,9 mlrd so'm bo'lgan 309 ta lot 43,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 25 ta
- boshlang‘ich narxi 11,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 11,7 mlrd so‘m
yer uchastkalari:
- soni 83 ta
- boshlang'ich narxi 13,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 19,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 17 ga
Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududidan boshlang'ich narxi 0,8 mlrd so‘m bo‘lgan beton mahsulotlariga qorishmalar ishlab chiqarish obyektlarini qurish uchun 49 sotix yеr uchastkasi 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
boshqalar:
- soni 201 ta
- boshlang‘ich narxi 10,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 12,1 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 680 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 32,2 trln so'm bo'lgan 114 281 ta lot savdoga qo'yilgan.
