23-iyun — Davlat xizmati kuni
2026-06-22 21:15:00 / Yangiliklar

Hurmatli davlat xizmatchilari!
Sizlarni 23-iyun — Davlat xizmati kuni bilan Davlat aktivlari agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish hamda xalqparvar davlat barpo etish yo‘lidagi ulkan vazifalarni amalga oshirishda davlat xizmatchilari muhim o‘rin egallaydi.
Mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlarning hayotga samarali tatbiq etilishi, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, natijadorligi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi, avvalo, sizlarning fidokorona mehnatingiz, yuksak mas’uliyatingiz va kasbiy salohiyatingiz bilan chambarchas bog‘liqdir.
Davlat xizmati — bu nafaqat kasb, balki Vatan va xalq oldidagi yuksak mas’uliyat, taraqqiyot va farovonlik yo‘lida xizmat qilish sharafidir.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi yutuqlar hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Davlat xizmati kuni muborak bo‘lsin!
