“Uzsungwoo” MChJ QKning ustav kapitalidagi 50 foiz davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi
2026-06-02 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yil 1-iyun kuni “E-auksion” elektron savdo platformasida “Uzsungwoo” MChJ QKning ustav kapitalidagi 50 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha elektron onlayn-auksion yakunlandi.
Savdolar natijasida aktiv 585,8 mlrd so‘mga sotildi. Bunda g‘olib tomonidan taqdim etilgan taklif aktivning 390,5 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narxidan 195,3 mlrd so‘mga yoki qariyb 50 foizga yuqori bo‘ldi.
Auksion yakunlariga ko‘ra, g‘olib deb “ROODELL” MChJ topildi.
Belgilangan tartibga muvofiq, auksion g‘olibi bilan tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi.
