Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari farzandlari oʻrtasida “Tinch osmon – baxtli bolalar” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi
2026-06-01 09:50:00 / Yangiliklar

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarining 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari oʻrtasida “Tinch osmon – baxtli bolalar” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.


Mazkur tanlov bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tasavvur olami va isteʻdodlarini qoʻllab-quvvatlash hamda tinchlik va baxtli bolalik gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.



Tanlov davomida ishtirokchilar oʻz rasmlarida begʻubor bolalik, tinch osmon, yorqin kelajak va ezgu orzularni aks ettirib, oʻz ijodiy yondashuvlari hamda isteʻdodlarini namoyon etdilar.



Tadbir yakunida tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

O'tkazilgan ushbu tadbir bolalarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga quvonch ulashish hamda bayram kayfiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

Shuningdek, 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Davlat aktivlari agentligi xodimlarining 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga ko‘ngilochar bog‘larga yo'llanmalar tarqatildi.
