“Oʻzagrosugʻurta” AJ ustav kapitalidagi davlat ulushining xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasida davom ettiriladi
2026-05-15 10:00:00 / Yangiliklar

Avval xabar berilganidek, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Oʻzagrosugʻurta” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Emitent”) ustav kapitalidagi 99,47 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – “Aksiya paketi”) xususiylashtirish belgilangan.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qaroriga asosan Aksiya paketinining savdo jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasida (keyingi oʻrinlarda – “Savdo platformasi”) sotuvchining investitsiya vositachisi “Mulk-Sarmoya Brokerlik Uyi” AJ orqali amalga oshiriladi.
Emitent toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:
“Oʻzagrosugʻurta” AJ – Oʻzbekistondagi yirik sugʻurta kompaniyalardan biri boʻlib, sugʻurta sohasining barcha 17 ta klassi boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sugʻurta xizmatlarini Respublika boʻylab 1000 nafarga yaqin sugʻurta agentlari orqali taqdim etadi.
Aktiv, Moodyʼs Investors Service xalqaro reyting agentligining “Ba3” - oʻrtacha darajadagi hamda barqaror moliyaviy holatini aks ettiradigan kredit reytingiga ega boʻlib, 2025 yil yakuniga koʻra kompaniyaning sugʻurta mukofotlari 132,5 mlrd soʻmni tashkil etgan.
- Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 99,47 foiz;
- Aktivning boshlangʻich narxi – 197 516 353 714,0 (bir yuz toʻqson yetti milliard besh yuz oʻn olti million uch yuz ellik uch ming yetti yuz o‘n to‘rt) soʻm;
- Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 5 977,70 (besh ming to‘qqiz yuz yetmish yetti) so‘m 70 tiyin;
- Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;
- Lotlar soni – 1 (bir) ta;
Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan emitentning rasmiy veb sahifasi https://agros.uz/uz/ hamda korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.
Bitimni amalga oshirish jarayoni:
Savdolar “Toshkent” RFBning maxsus platformasi, SPPZ NEGO maydonchasida 15.06.2026 yildan boshlanadi (Toshkent RFB savdolaridagi havola).
Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Diskleymer
Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.
