Qo'mita tarixi
QISQACHA TARIXIY MA’LUMOTNOMA
1. SSSR Ministrlar Sovetining 1947 yil 16 dekabrdagi 4048 sonli qaroriga asosan SSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat kon nazorati bosh boshqarmasi qoshida O‘rta-Osiyo kon boshqarmasi okrugi tashkil etildi
2. SSSR Ministrlar Sovetining 1958 yil 24 apreldagi 448 sonli va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1958 yil 2 iyundagi 357 sonli qarorlariga asosan, O‘rta Osiyo kon boshqarmasi okrugi O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasiga (Gosgortexnadzor) aylantirildi.
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1982 yil 14 iyuldagi 494 sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti huzuridagi Gosgortexnadzor Davlat Qo‘mitasi, O‘zbekiston SSR Gosgortexnadzor Davlat Qo‘mitasi etib takomilashtirildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 yanvardagi 17 sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston SSR Gosgortexnadzor Davlat Qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat Qo‘mitasi – Gosgortexnadzorga aylantirildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 7 fevraldagi PQ-2535 sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Gosgortexnadzor Davlat Qo‘mitasi “Sanoatkontexnazorat” Agentligiga aylantirildi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 9 iyuldagi PQ-3454 sonli qaroriga asosan, “Sanoatkontexnazorat” Agentligi “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasiga aylantirildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396 sonli qaroriga asosan, “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – “Sanoatgeokontexnazorat”ga aylantirildi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi PF-5594-sonli Farmoniga asosan, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasiga aylantirildi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmoni 2-ilovasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashkil etilgan.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi “Er qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 79-PF-Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi sifatida qayta tashkillashtirildi.
