Byurokratiyani bartaraf etish - 2030
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi ijrosini samarali ta’minlashga qaratilgan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada soddalashtirish, ruxsat berish tartib-taomillarini optimallashtirish hamda ortiqcha ma’muriy bosqichlarni qisqartirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, jarayonlarni to‘liq raqamlashtirishni kengaytirish, hujjatlar aylanishini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda idoralararo axborot almashinuvini tezkor va samarali tizimga o‘tkazish bo‘yicha taklif va tashabbuslar muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida qo‘mita faoliyatidagi mavjud ish jarayonlari tahlil qilinib, “byurokratiyasiz2030.uz” platformasi hamda “Zero Bureaucracy Radar” tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu raqamli yechimlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun davlat xizmatlarini yanada ochiq, shaffof va qulay shaklda taqdim etishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida boshqaruv samaradorligini oshirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda byurokratik to‘siqlarni izchil kamaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi.
Sohada raqamli transformatsiyani chuqurlashtirish va “nol byurokratiya” tamoyillarini amaliyotga keng joriy etish kelgusidagi asosiy yo‘nalishlardan biri sifatida belgilab olindi.
