Qo‘mita haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Er qa’ridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-79-sonli Farmoni hamda 2024-yil 24-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qaroriga asosan Qo‘mita mustaqil maqomga ega bo‘lgan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanib, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi hamda atom energetikasi va yadro texnologiyalari ob’ektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, liftlar va attraksionlar xavfsizligi sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi va nazorat qiladi.
Qo‘mita bevosita Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, o‘z Nizomi va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
Qo‘mitaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Qo‘mitaning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi;
qisqartirilgan nomi – Sanoat, radiasiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi.
b) rus tilida:
to‘liq nomi – Комитет промышленной, радиaционной и ядерной безопасности при Кабинете Министров Республики Узбекистан;
qisqartirilgan nomi – Комитет промышленной, радиaционной и ядерной безопасности.
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — «Industrial, radiation and nuclear safety committee under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan»;
qisqartirilgan nomi — Industrial, radiation and nuclear safety committee.
